Tomsk shahridagi Tibbiy genetika ilmiy-tadqiqot instituti olimlari DNK tekshiruvi orqali insonning etno-hududiy kelib chiqishini aniqlash mumkinligini ta’kidlashdi, deb institutning rasmiy sayti.
— Agar bizda DNK namunasi bo‘lsa, bu odamning qayerdanligini, hatto hududigacha aniq aytib bera olamiz, — deydi mazkur institut direktorining ilmiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Vadim Stepanov.
Bu tadqiqot ustida olimlar 15 yil ish olib borishdi. Ular Rossiya, Belorussiya va Ukraina hududlarida yashovchi aholining genofondini o‘rganib, insonning qayerda tug‘ilganligi haqidagi xususiyatlarni aniqlash mumkinligini aniqlashdi. Bu borada olimlar tajriba ham o‘tkazib ko‘rishdi. 2003-yildan beri bir qator jinoyatlarni sodir etib yurgan jinoyatchining irsiy ma’lumotlaridan foydalanib, uning yashash joyi aniqlangan.
— Genofond borasidagi bilimlarimizdan foydalanib, bu odam Buryatiya hududida, aniqrog‘i, Barguzin tumanidan ekanligini bildik, — deydi Stepanov. — Gumondorlar orasida tadqiqot olib bordik va 2 haftadan keyin jinoyatchi qo‘lga tushdi. U Novosibirskda yashagan, lekin otasi haqiqiy buryat, Barguzindan, onasi esa rus.
www.nigoh.uz – Yoshlar axborot portali